
Riberining "Fiorentina"ga o‘tishiga kim sababchi?
Frank Riberi kimning sharofati bilan "Fiorentina"ga ko‘chib o‘tgani ma’lum bo‘ldi.
RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 36 yoshli frantsiyalik futbolchining bu erga kelishiga "binafsharanglilar"ning sobiq hujumchisi Luka Tonining ulkan xizmatlari bor. U dastlab “Fiorentina” rahbariyatini Riberining xizmatlariga qiziqtirgan, keyin esa futbolchining o‘zi bilan shaxsan gaplashgan.
Ma’lumot uchun, Toni va Riberi 2007-2010 yillarda “Bavariya” safida birga to‘p surishgan.
Eslatib o‘tamiz, Riberi “Bavariya” bilan shartnomasi yakunlangach “Fiorentina” safiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi.
Fikrlar