
Roberto Bautista-Agut Xitoyda jarohatlandi
Ispaniyalik tennischi Roberto Bautista-Agut Pekin shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning ilk bosqichida jarohat oldi.
U amerikalik Sem Kuerriga qarshi o‘tkazilgan o‘yinning ikkinchi setida hisob 6:7, 1:4 bo‘lib turgan vaziyatda o‘yinni davom ettira olmasligini e’lon qildi.
"China Open"ning ikkinchi davrasiga shunday omadli tarzda chiqib olgan Kuerri, endi argentinalik Diego Shvartsman, yoki ispaniyalik Fernando Verdasko bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar