"Roma" "Barselona" da’vogarlik qilayotgan futbolchini xarid qilmoqchi
"Roma" kelayotgan yozgi transferlar oynasi vaqtida "RB Leyptsig" qanot himoyachisi Lukas Klostermanni xarid qilishga urinib ko‘rmoqchi.
Oldinroq, futbolchiga Kataloniyaning "Barselona" klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda 23 yoshli germaniyalik futbolchi Bundesliga klubi safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 gol va bitta gollik uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar