“Roma” etakchisi Mourino va klub bilan xayrlashdi

  • 2 iyul, 2022, 14:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” bilan shartnoma imzolagan armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryan “Roma” bilan xayrlashdi. Futbolchi so‘nggi ikki yil davomida rimliklar sharafini himoya qilgan.

Tecno

"Roma" o‘ziga xos klub, ammo xayrlashish vaqti keldi. Jamoaning barcha xodimlariga rahmat aytmoqchiman. Shuningdek, menga ishonch bildirgan va qo‘shimcha motivatsiya bergan Joze Mourinoga ham katta rahmat. “Roma”ga qo‘limdan kelgancha yordam berdim. Bu jamoada o‘ynash men uchun sharaf edi. Hammasi ajoyib boshlangan, yakun ham ko‘ngildagi kabi bo‘ldi. Olg‘a, “bo‘rilar”, - deydi armanistonlik futbolchi.

Mxitaryan o‘tgan mavsum “Roma”ning A seriya doirasidagi 31 ta o‘yinida maydonga tushib, 5 gol va 6 assist muallifiga aylangan. Shuningdek, u rimliklar bilan birgalikda Konferentsiyalar ligasida ham g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!