"Roma" himoyachisi "Galatasaroy"ni qiziqtirib qo‘ydi
“Roma” klubi markaziy himoyachisi Yildirim Chetin yana o‘z vataniga qaytishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning o‘z tvitter sahifasida yozishicha 23 yoshli Turkiya terma jamoasi a’zosiga “Galatasaroy” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Gap shundaki, istanbulliklar dastlab “Sampdoriya” himoyachisi Jeyson Muriloni sotib olishmoqchi edi. Biroq, bu borada rad javobini olishgach aynan Chetin nomzodiga to‘xtalishgan.
Ma’lumot uchun, Chetin joriy mavsum “Roma” safida A Seriyada 4 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar