"Roma" "Spetsiya" to‘purarini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
"Roma" "Spetsiya" futbolchisi Mbala Nzolaga qiziqmoqda. Bu haqda insayder Nikola Shkira xabar berdi.
Jurnalistning ta’kidlashicha, angoliyalik hujumchi yozda top klubga o‘tishni istaydi va jamoani tark etishga qarshi emas. Uning linguriyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi.
Shomurodov ijara asosida o‘ynayotgan "Spetsiya"ga endi moslashib olmoqda. Futolchi Rimga qaytsa, unga yana kam o‘yin amaliyoti taqtim etishilishi mumkin. Hali bu ikki hujumchini almashinuvi haqida ma’lumotlar yo‘q. Ammo klublar bu g‘oyani ko‘rib chiqish ehtimoli mavjud.

Fikrlar