
"Roma" yana bir "Lids" himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
"Roma" "Lids" himoyachisi Rasmus Kristensenni ijaraga olishga harakat qilmoqda, deya xabar tarqatdi insayder Di Martsio. Unga ko‘ra, futbolchi va rimliklar shaxsiy kelishuvga erishgan. Klublar kelishib olsa, bu transfer amalga oshadi.
"Lids" Chempionshipga tushib ketganidan keyin ayrim o‘yinchilari jamoani tark etish payiga tushib qolgan. Klubning o‘zi esa ularni bir mavsum ijarada o‘ynatib, yana o‘z tarkibiga qaytarishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kristensenning "Lids" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar