
“Roma”ning dahshatli quroli: Shomurodov ekspertlar tomonidan qanday baholandi?
Italiya chempionatida 31-turning eng muhim o‘yinlarida biri poytaxt Rimdagi “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri raqiblar – “Roma” hamda “Yuventus” o‘zaro to‘qnashdi.
Birinchi bo‘lim yakunlanishiga yaqin Manuel Lokatelli gol urib, Turin superklubini hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffusda Klaudio Raneri o‘yin taktikasini o‘zgartirishga qaror qildi va maydonga Eldor Shomurodovni tushirdi. O‘zbek legioneri 49-daqiqada “Yuventus” darvozasini ishg‘ol qilib jamoasini mag‘lubiyatdan qutqardi.
Nufuzzli manba – laroma24.it portali ekspertlari rimlik futbolchilarning muhim uchrashuvdagi harakatlarini quyidagicha baholadi.
SVILAR 7:
Juda ishonchli o‘ynadi. Niko Gonsalesning murakkab zarbasini qaytardi. Hatto burchakka yo‘naltirilgan to‘plarni ham qaytardi.
MANChINI 6:
Butun uchrashuv davomida himoyani mustahkam ushlashga harakat qildi va buni uddaladi ham.
XUMMELЬS 5,5:
Turinlik futbolchilar nemis himoyachisining qarshiligini deyarli sezmadi. Tanaffusda o‘rnini o‘yinning bo‘lajak qahramoni Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.
ShOMURODOV 7:
“Roma”ning dahshatli quroliga aylanib bormoqda. Birinchi imkoniyatdanoq gol urdi. Hujumchi sifatida o‘yinini kuchaytirib bormoqda va pressing bo‘yicha haqiqiy professionalga aylandi. Joriy mavsumda urgan oltita golidan beshtasini zaxirada maydonga tushganidan keyin kiritdi. Eldor – Rim qiroli!
NDIKA 6,5:
Himoyaning mustahkam qo‘rg‘oni.
ChELIK 6:
Ancha faol o‘ynadi.
NELЬSSON 6:
72-daqiqada Chelik o‘rniga tushgan Nelsson murabbiy ishonchini oqlay oldi.
KONE 6,5:
Yarim himoyaning barcha hududlarida faollik ko‘rsatdi. Juda ko‘p harakat qildi va eng faol o‘yinchilardan bo‘ldi.
KRISTANTE 6:
To‘p nazoratini qo‘lga oldi. Raqib hujumchisi Lokatelliga nisbatan ancha samarali o‘ynadi va uni qiynab qo‘ydi. 61-daqiqada o‘rnini Leandro Paredesga bo‘shatib berdi.
PAREDES 6:
Tajribali yarim himoyachi to‘p nazoratini davom ettirdi. Biroq xavfli hujumlar uyushtira olmadi.
ANJELINO 6:
Odatdagidek to‘p tepdi, lekin yorqin o‘yin ko‘rsatgani yo‘q.
SULE 5,5:
Hujumda samarasiz o‘ynadi. Oldingi chiziqdagi o‘yinchilarga etarli yordam bera olmadi.
EL-ShAARAVI 6:
O‘yin davomida harakatlari bilan ko‘zga tashlanib turdi. Dovbik va Kristante hududlarini bog‘lab turdi.
DUAT 6:
61-daqiqada El-Shaaravi o‘rniga maydonga tushgan futbolchi jamoasining jismoniy ustunligini ta’minladi.
DOVBIK 6:
O‘yin davomida jarima maydonchasi tashqarisidan bergan birgina zarbasi bilan esda qoldi.
RANЬERI 6,5:
Raneri qo‘l ostida “Roma”ning chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 15 taga etdi. Ikkinchi bo‘lim oldidan Shomurodovni o‘yinga tushirgani o‘z samarasini berdi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsumda “Roma” safida A Seriya, Italiya kubogi va Evropa ligasida jami o‘ttizda uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar