Raneri “Roma”ni qutqargan Shomurodov haqida nimalar dedi?

  • 7 aprel, 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionati qizg‘in pallaga kirdi. 31-turning eng muhim o‘yinlarida biri poytaxt “Olimpiko” stadionida Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri raqiblar – “Roma” va “Yuventus” o‘rtasida bo‘ldi.

Tecno

Uchrashuvning 40-daqiqasida mehmonlar vakili Manuel Lokatelli gol urib, Turin superklubini hisobda oldinga olib chiqdi.

Klaudio Raneri muhim o‘yinni qutqarish uchun echim topishiga to‘g‘ri keldi. Aslida 73 yoshli murabbiy tayyorgarlik jarayonida turinliklarga qarshi ikki hujumchi – Artyom Dovbik va Eldor Shomurodovni birga o‘ynatishni reja qilgandi.

Negadir italiyalik mutaxassis bellashuv oldidan fikrini o‘zgartirib, boshlang‘ich tarkibda faqat Artyom Dovbikni tushirdi. Tanaffusda Raneri avval-boshdan tayyorlagan taktikasini qo‘llashga qaror qilib, to‘qnashuvga Eldor Shomurodovni tashladi.

Bu qadam o‘zini oqladi. O‘zbek legioneri 49-daqiqada “Yuventus” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqardi.

Uchrashuvdan keyin Klaudio Raneri o‘z fikr-mulohazalarini bildirar ekan o‘yin qahramoni va “Roma” xaloskoriga aylangan Eldor Shomurodov haqida ham gapirdi.

- Artyom Dovbik va Eldor Shomurodovni ilk daqiqalardan birga o‘ynatish haqida doimo o‘ylab yuraman. Lekin bu har tomonlama puxta o‘ylab, keyin amalga oshiradigan ish. Ularni birga o‘ynatsam, Dovbikning ayrim vazifalarini Eldorga olib berishimga to‘g‘ri keladi. Shomurodov boshlang‘ich tarkibda o‘ynashga loyiq futbolchi.

Biroq, har ikki hujumchini birdaniga maydonga tushirsam, keyinchalik bu pozitsiyasini kuchaytirish uchun boshqa forvard qolmaydi.

Tarkibimizda hozir ularning o‘rnini bosishga qodir boshqa markaziy hujumchi yo‘q.

Men ikkita hujumchi bilan o‘ynashni istayman, lekin o‘yin davomida birortasi charchab qolsa yoki jismoniy muammolar paydo bo‘lsa, ularning o‘rniga kimni maydonga tushiraman?

Mana shuning uchun ham hozirgacha asosan faqat bir markaziy hujumchini maydonga tushiryapman. Lekin shunga qaramay, hech qachon faqat shunday bo‘ladi, deb bo‘lmaydi.

Bir qarorga kelishdan avval men kamida ikki karra o‘ylab ish ko‘raman, chunki Dovbik ham, Shomurodov ham jamoa uchun borini berishini yaxshi bilaman. Eldorni zaxiradan o‘yinga qo‘shib, Dovbikka bo‘layotgan bosimni kamaytirishga urinaman. Shomurodov esa har doim boshlang‘ich tarkibda o‘ynashga loyiq futbolchi. U zaxiradan maydonga tushganida ham o‘z ishini yuqori darajada uddalaydi.

Boshlang‘ich tarkibga kirmagan yigitlarning maydonga tushib, jamoaga katta yordam berishga intilayotganini ko‘rish meni to‘liq qoniqtiradi. Ularning yordami har qanday murabbiy uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi, - dedi Klaudio Raneri.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsumda “Roma” safida A Seriya, Italiya kubogi va Evropa ligasida jami o‘ttizda uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.

“Roma”ning dahshatli quroli: Shomurodov ekspertlar tomonidan qanday baholandi?

Pep, nimalar qilyapsan, Abduqodir qani? Husanovni o‘ynatmagan Gvardiolani fanatlar “talashyapti”!

Supergol va assist: O‘zbek legioneri o‘yin qahramoni bo‘ldi!

Pyanich Fayzullaevga “Barsa”ga o‘tish yo‘lini o‘rgatdi

Agent Fayzullaev Evropaga qachon ketishini aytdi. Manzil faqat TOP-LIGA!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Махмуд1966
07/04/2025 08:43
Яша Элдор!
Борингга шукур!!!