
“Roma”ning o‘yinini kuchaytirgan va ikkita golda ishtirok etgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Italiya chempionatida yana bosh murabbiy iste’fosi kuzatildi. “Roma” bir yarim oy muqaddam ish boshlagan xorvatiyalik murabbiy Ivan Yurichni iste’foga chiqardi.
Bunga A Seriyaning 12-turidan o‘rin olgan uchrashuv sabab bo‘ldi. “Bo‘rilar” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Bolonya”dan 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Biz uchun ahamiyatlisi, Eldor Shomurodov 58-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, jamoasining o‘yinini kuchatira oldi va har ikki goldan bevosita ishtirok etdi.
Italiya futbolini yoritib kelayotgan vocegiallorossa.it portali “Roma” futbolchilarining uchrashuvdagi harakatlarini quyidagicha baholadi.
Svilar 5:
“Bolonya”ning uchinchi golida darvozabonning yaqqol xatosi bor.
Manchini 6:
Boshida yaxshi himoyalandi. Lekin rimliklar darvozasiga kiritilgan birinchi golga u ham javobgar. Kkinchi bo‘limda El-Shaaraviga golli pas uzatdi.
Ndika 5,5:
O‘yin avvalida raqib o‘yinchisi Santyago Kastroga qarshi yaxshi o‘ynadi. Biroq keyinlik qiyinchiliklarga duch keldi.
Anjelino 5:
Hujumlarga yaxshi qo‘shildi. Rimliklarning ikkinchi golida ishtirok etdi. Lekin himoyalanishda etarli darajada ishonchli o‘ynamadi.
Chelik 4:
O‘yind umuman o‘zini ko‘rsata olmadi. 61-daqiqada o‘rnini Dalga bo‘shatib berdi.
Dal 6:
Ancha faol o‘ynadi. Ishlari yurisha boshlaganga o‘xshaydi.
Kristante 4:
Urinishlariga qaramay, kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti. Boshqa jamoadoshlari kabi ancha bo‘sh harakat qildi.
Kone 5:
Uning harakatlari evaziga “Roma” birinch bo‘limda gol urishga yaqin keldi. Suleni qulay pozitsiyaga chiqardi.
El-Shaaravi 7:
Birinchi bo‘limda deyarli ko‘rinish bergani yo‘q. Lekin o‘yinning ikkinchi yarmida ikkita gol bilan jamoani jonlantira oldi.
Sule 3:
Yana bir o‘ta bo‘sh o‘yin. Oldingi chiziqda hech narsa qila olmadi va 58-daqiqada o‘rnini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.
Shomurodov 6:
Juda faol o‘ynadi, engil harakatlandi va rimliklarning har ikki golida bevosita ishtirok etdi. El-Shaaravining ikkinchi goliga assistent bo‘ldi.
Pizilli 5,5:
O‘yinni yaxshi boshladi, uzoq masofadan kuchli zarba berdi, lekin goldan darak yo‘q. 61-daqiqada o‘rnini Baldantsiga bo‘shatdi.
Baldantsi 5,5:
Bor kuchi bilan o‘yinni kuchaytirishga harakat qildi. Biroq jamoasiga etarli darajada yordam bera olmadi.
Dovbik 3:
Maydonda umuman ko‘rinmay qoldi.
Yurich 3:
“Roma” shu kuni yana cho‘kdi. Bu mutaxassis jamoa o‘yinchilarini bilan etarli darajada munosabat o‘rnata olmadi. Mag‘lubiyatlar uning zimmasida.
Fikrlar