"Roma"ning qancha qarzi bor?
“Roma” klubining qarzi qancha ekani ma’lum bo‘ldi. Football Italia nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, klub 31 mart holatiga ko‘ra moliyaviy hisobotni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, rimliklarning ayni damdagi qarzi 278,5 mln evroni tashkil etmoqda. Bu 2019 yil 30 iyun holati bilan solishtirganda, qarz miqdori 57,9 mln evroga ortganini bildiradi. 26 iyun kuni klub rahbariyati va direktorlar kengashi ishtirokida jamoadagi moliyaviy vaziyatni muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.
“Roma” 26 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Rimliklar xo‘jayini Jeyms Palotta esa klubni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga sotib yubormoqchi.

Fikrlar