"Ronaldu - xato transfer"

Italiya terma jamoasi va A Seriya bir qator grandlarining sobiq futbolchisi Antonio Kassano Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o‘tishi o‘zini oqlamagani haqida fikr bildirdi. 

"Yuventus" Ronalduni Chempionlar Ligasini yutish uchun xarid qilgandi. Ammo u kelgach, turinliklar oldingi natijalarini ham takrorlay olmadi. Krishtianu kelguniga qadar, "keksa senora" 2 marotaba EChL finalida o‘ynadi. Skudettoni esa, Ronaldusiz ham yutsa bo‘lardi. Mening fikrimcha, uning transferi muvaffaqiyatsiz chiqqan", - dedi Kassano. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!