Ronaldu, Fernandesh, Kanselu va Feliks — Portugaliya terma jamoasining JCh-2022 uchun kengaytirilgan tarkibidan o‘rin oldi

  • 25 oktabr, 2022, 11:19
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi.

Tecno

"O Jogo" nashri xabariga ko‘ra, 55 ta futbolchidag iborat ro‘yxat juma kuni FIFAga yuborilgan. Bosh murabbiy Fernandu Santush 55 kishidan 26 nafarini tanlab, yakuniy ro‘yxatni shakllantiradi.

Krishtianu Ronaldu, Diogo Dalot va Brunu Fernandesh (barchasi “Manchester Yunayted”), Joau Feliks (“Atletiko”), Ruben Dias, Joau Kanselu va Bernardu Silva (barchasi “Manchester Siti”), Rui Patrisiu (“Roma”), Pepe (“Portu”), Nunu Mendes (PSJ), Rafael Gerreyru (Borussiya Dortmund), Rafael Leau (Milan) kabi futbolchilar nomi keltirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Portugaliya jahon chempionati guruh bosqichida Gana, Janubiy Koreya va Urugvay bilan o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!