
Ronaldu badavlat klub bilan muzokara boshladi. Buni hech kim kutmagandi!
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqinda PSJ taklifini qabul qilmasligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Biroq, kutilmaganda vaziyat o‘zgardi. Portugaliyalik yulduzning keyingi klubi PSJ bo‘lishi kutilmoqda, deb yozdi taniqli jurnalist Pedru Almeyda.
Manbaning ta’kidlashicha, parijliklar sport direktori Luis Kampos Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan muzokara olib bormoqda va asosiy masala hujumchini Parijna olib kelish hisoblanadi.
Ronaldu “Manchester Yunayted”ni tark etishga qaror qilgan va shu bois, jamoaning mavsusoldi yig‘inida ishtirok etmayapti.
Krishtianu faoliyatini Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoada davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar