
Ronaldu bir qarorga kelolmadi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kela olmayapti. Agar portugaliyalik yulduz Manchesterda qoladigan bo‘lsa, faoliyatida birinchi marta Chempionlar ligasidan chetda qoladi.
Ronaldu to‘g‘ri yo‘l tanlash maqsadida ser Aleks Fergyuson oldiga maslahatga bordi, deb xabar bermoqda Mirror nashri.
Manba hali futbolchi qanday qarorga kelgani haqidagi ma’lumotni qo‘lga kirita olmagan.
Ronaldu Manchesterga qaytganidan keyin jamoaning eng sermahsul o‘yinchisiga aylangan. Portugaliyalik yulduz jami 39 ta uchrashuvda 24 ta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar