Ronaldu Fernandesh transferiga ta’sir o‘tkazganmidi?

  • 6 fevral, 2020, 16:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tishdan oldin jamoaning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu bilan suxbatlashganini aytib o‘tdi.

Tecno

"Manchester Yunayted"ga o‘tishga qaror qilishdan oldin Krishtianu Ronaldu bilan gaplashgan edi. U klub haqida faqat yaxshi narsalar haqida gapirib berdi. Ronaldu Manchester orzulari amalga oshishida muhim ro‘l o‘ynagani haqida aytdi. Fikrimcha, u mening transferimdan mamnun bo‘ldi. Eshitishimcha, Ule ham men haqimda u bilan suxbatlashgan", - deydi Fernandesh.

Eslatib o‘tamiz, Brunu Fernandesh yanvarda "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga 55 million ervo evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!