Ronaldu gol urgan o‘yinda Rangnik qariyb 120 yillik rekordni yangiladi

  • 12.12.2021 09:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” Angliya premer-ligasining 16-turida Krishtianu Ronalduning penaltidan kiritgan yagona goli evaziga “Norvich”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu uchrashuvda Ralf Rangnik tarixiy natijaga erishdi. Germaniyalik mutaxassis boshqaruvidagi jamoa uning Angliya chempionatidagi dastlabki ikki uchrashuvida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

So‘nggi bor bunaqa holat 118 yil oldin – 1903 yilda kuzatilgandi. O‘shanda Ernest Mengnell “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olishi bilan, jamoa ikkita uchrashuvda gol o‘tkazmagan.

Krishtianu Ronaldu esa, Angliya chempionatida ettinchi to‘pini kiritish orqali, faoliyatidagi barcha gollari sonini 802 taga etkazib, shaxsiy rekordini yaxshilab oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!