
Ronaldu: Juda xursandman
"Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoalarning eng yaxshi to‘purari uchun sovrinni qo‘lga kiritganiga munosabat bildirdi.
37 yoshli portugaliyalik futbolchi milliy terma jamoa safida 189 ta o‘yinda maydonga tushib, 117 ta gol kiritgan. U 109 ta gol kiritgan Eron terma jamoasining sobiq hujumchisi Ali Dayini ortda qoldirdi.
“Men terma jamoalarning eng yaxshi to‘purari uchun mukofotni olganimdan xursandman. Men barchasi bilan faxrlanaman va o‘ynashda davom etaman", - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi ESPN.
24 sentyabr kuni Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasining 5-turi doirasida Chexiya bilan bahs olib boradi. O‘yin Chexiyada bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.
Fikrlar