Ronaldu kelajagi bir kishiga bog‘liq

  • 23 iyul, 2022, 13:26
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda. Avvalroq, 37 yoshli futbolchi shartnomasi bo‘lishiga qaramay, “Manchester Yunayted”da ketmoqchi ekanligini aytdi.

“Football Daily” nashri xabariga ko‘ra, ayni damda hujumchi Portugaliyada bo‘lib, agenti Jorje Mendeshdan ko‘rsatma kutmoqda. Mendesh futbolchi uchun yangi jamoa topishi kerak. Ronaldu faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan variantlari orasida PSJ, "Bavariya", "Roma", "Barselona", "Chelsi" va "Atletiko" bor.

Futbolchi Chempionlar ligasida ishtirok etishini istamoqda, shu bois, boshqa jamoaga o‘tmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" APLda oltinchi o‘rinni egalladi va EChL turnirida ishtirok etish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!