Ronaldu ketyapti...
Goal nashrining xabar berishicha, Krishtianu Ronaldu qishki transferlar oynasi ochilishi bilan “Manchester Yunayted”ni tark etishi kutilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, bosh murabbiyini almashtirgan “Chelsi” rahbariyati klub xo‘jayini Todd Byoli talabiga ko‘ra portugaliyalik yulduzni olib keladi.
Aslida Tomas Tuxelning iste’foga chiqarilishiga Krishtianu Ronalduni jamoaga olishni istamay, klub prezidenti qaroriga qarshi chiqqani ham sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Ronalduning manchesterliklar safida ishlari yurishmay qolgan. U hozircha etti marotaba maydonga tushib, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Fikrlar