
Ronaldu Manchesterdan ketadimi? Bunga agenti aniqlik kiritdi
Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ning ichki muhitidan norozi ekani, portugaliyalik yulduz jamoadan ketmoqchi ekani haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.
Futbolchining agenti Jorje Mendesh ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga munosabat bildirdi.
- Ronaldu “Manchester Yunayted”da juda baxtli. U klub uchun ajoyib o‘yinlarini namoyish qilishda davom etmoqchi, - dedi Jorje Mendesh.
Krishtianu Ronaldu Angli chempionatida 15 marotaba maydonga tushib, raqiblari darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi. Bundan tashqari, portugaliyalik to‘purarning manchesterliklar safida kiritgan umumiy to‘plari soni 132 taga etdi.
Fikrlar