Ronaldu norozi bo‘lishga haqli!

  • 7 iyul, 2022, 17:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Ronaldu norozi bo‘lishga haqli. G‘alaba qozonishga ko‘nikkan, har doim sovrinlarni ko‘zlagan va ular uchun kurashishga o‘rgangan o‘yinchi kelasi mavsum bu imkoniyatlardan mosuvo bo‘lsa, norozi bo‘lishi tabiiy.

Ronaldu Chempionlar ligasida o‘ynamasligidan norozi, u hatto Evropa ligasining madhiyasi qanday ekanini ham bilmaydi.

Shunday ekan, u klubdagi ishlarga e’tiroz qilishi va hatto ketib qolishi ham mumkin, - dedi Rio Ferdinand.

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” mashg‘ulotlarida ishtirok etmayapti. Mashhur hujumchi o‘z yurtida individual tarzda shug‘ullanmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!