Ronaldu oldida ikki yo‘l!

  • 17.07.2022 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelasi mavsum Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoaga o‘tishni istayotgani haqida xabarlar ko‘p tarqatildi.

Bir necha grand klublar portugaliyalik yulduzni o‘z safiga qo‘shib olishni istamadi. Xususan, PSJ, “Real”, “Chelsi” va “Barselona” jahon futbolida eng ko‘p gol urgan to‘purarga o‘z eshiklarini ochgani yo‘q.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Ronalduga xaridor bo‘layotgan yana ikki klub bor. Ulardan biri Germaniya Bundesligasi chempioni “Bavariya”dir. Ikkinchi jamoa esa, Madridning “Atletiko”sidir. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Shunga qaramay, manchesterliklar o‘tgan mavsumdagi eng zo‘r to‘purari jamoada olib qolishni istayapti va hamon Ronalduning kelajagiga oydinlik kiritilgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!