
Ronaldu qatorasiga ikkinchi kun "Real" bazasida shug‘ullanmoqda
Krishtianu Ronaldu bugun ham "Real" bazasida mashg‘ulot o‘tkazdi.
DAZN jurnalisti Serxio Kvirantening xabar berishicha, hujumchi Madrid klubi bazasida shug‘ullangan.
Shu tariqa, Ronaldu qatorasiga ikkinchi kun "qirolllik klubi" qarorg‘ohida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Kecha ham portugal "Real" futbolchilaridan alohida ishlagandi.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli forvard ayni damda erkin agent hisoblanadi. Noyabrda futbolchi "Manchester Yunayted" bilan shartnomani bekor qilgan.
Ronaldu 2009-2018 yillari "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilgan. U jamoa bilan birga ikki marta La Liga va Ispaniya kubogi hamda 4 karra Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar