Ronaldu chetda qolib ketmasligi kerak

  • 14.04.2022 16:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik insayder Fabritsio Romano “Manchester Yunayted” to‘purari Krishtianu Ronaldu kelajak faoliyati bo‘yicha bir qarorga kela olmayotganini ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik yulduz Angliya futbolida har bir uchrashuvda maydonga tushish uchun jismoniy holati talabga javob bermasligini tushinib etgan. Aslida u Manchesterdan ketmoqchi emas. Biroq, ko‘p narsa jamoaga qaysi mutaxassis bosh murabbiy bo‘lishiga bog‘liq.

Ronaldu o‘ziga to‘purar hujumchi sherik bo‘lishini kutyapti. Shu bilan birga 37 yoshli futbolchi asosiy rollardan chetda qolib ketishni istamayapti.

Ronaldu Manchester klubiga qaytganidan beri 34 ta uchrashuvda 18 ta to‘p kiritib, uchta golli pas oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yili yozda yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!