Ronaldu raqobatga tayyormi?
“Manchester Yunayted” A Seriyaning eng zo‘r hujumchilaridan biri Dushan Vlaxovich uchun kurashga qo‘shildi.
“Fiorentina" sharafini himoya qilayotgan 21 yoshli to‘purar joriy mavsumda jami 14 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 12 bor ishg‘ol qildi va bir juft golli pas uzatdi.
Manchesterliklarga serbiyalik o‘yinchini olish oson bo‘lmaydi. Chunki gol urish qobiliyati yuksak darajada rivojlangan hujumchiga hozirning o‘zida “Tottenxem”, “Nyukasl”, “Yuventus”, “Milan” kabi jamoalar og‘iz solmoqda.
2019 yildan beri “Fiorentina” sharafini himoya qilayotgan Dushan Vlaxovich hozirgacha 98 ta uchrashuvda 41 ta to‘p kiritdi. U kuchli klublardan taklif bo‘layotganini inobatga olib, florntsiyaliklar bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortdi.
“Fiorentina” yana bir yillik shartnomaga ega futbolchisini 70 million funtga baholayapti.

Fikrlar