
Ronaldu saudiyaliklarga yordam bermaydigan bo‘ldi
Saudiya Arabistoni 2030 yili bo‘ladigan jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi. Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”ga o‘tganidan keyin ko‘plab muxlisu mutaxassislar portugaliyalik yulduz saudiyaliklarning elchisi sifatida mundial mezbonligini olish uchun yordam berishini ta’kidlagandi.
Bu masala “An-Nasr” klubi rahbariyati rasmiy munosabat bildirdi.
“An-Nasr” futbol klubi mediada tarqatilayotgan Saudiya Arabistoni jahon chempionatini qabul qilish uchun kurashda Ronaldudan foydalanishi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritishga qaror qildi.
Ronalduning asosiy vazifasi bor e’tiborini “An-Nasr”ga qaratish, jamoadoshlari bilan ishlash va klubga muvaffaqiyat qozonishda yordam berishdan iborat, - deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik yulduz “An-Nasr” bilan ikki yarim yillik bitimga imzo chekkan va har mavsum uchun 200 million evrodan maosh oladi.
Fikrlar