
Ronaldu taqdimot marosimida "kalla qo‘ydi" (video)
Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr" klubiga ko‘chib o‘tganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.
Biroz avval uning Saudiya klubidagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda portugaliyalik yulduz kichik bir xatoga yo‘l qo‘ydi. Aniqrog‘i, u "Saudi Arabia" deyish o‘rniga "South Africa", deb yubordi.
37 yoshli forvard "Al-Nassr" bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning yillik maoshi - 200 million evro.
Fikrlar