Ronaldu taqdirga tan berdi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan ishlashdan norozi, deb xabar bermoqda CBS.
Biroq, 37 yoshli portugaliyalik MYuda qolishga tayyor, chunki u ayni damda “Yunayted”ni tark etib, boshqa jamoaga o‘tish imkoniyati kamligini tushunadi.
Hozirda Krishtianu bor e’tiborini Qatardagi jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga qaratgan. Shu munosabat bilan u MYu bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirmayapti.
Ronaldu 2021 yilning avgustida “Manchester Yunayted”ga qaytdi. O‘tgan mavsum portugaliyalik barcha turnirlar doirasidagi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, 37 yoshli hujumchi jamoani tark etib, Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubda o‘ynashni xohlayotgani haqida xabar berilgandi.

Fikrlar