Ronaldu va ten Xag o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi
“Manchester Yunayted”da bosh murabbiy Erik ten Xag va Krishtianu Ronaldu o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi.
Express va The Times nashrlarining ma’lum qilishicha, 37 yoshli yulduzning jamoa bosh murabbiyiga ikkita katta e’tirozi bor.
Ronalduga Erik ten Xagning ortiqcha qaysarligi yoqmayapti. Bundan tashqari, Krishtianu niderlandiyalik mutaxassisni o‘ziga muvaffaqiyat keltirgan “Ayaks”dagi falsafasiga qattiq yopishib olganlikda ayblayapti.
Krishtianu jamoa boshqa usullarni qo‘llash orqali ko‘proq g‘alaba qozonishi mumkin, deb hisoblamoqda va shu bois mashg‘ulot va o‘yin davomida Erik ten Xag bilan ko‘p tortishib qolyapti.
Ronalduning o‘zi mavsum boshidan beri jami to‘qqiz marta maydonga tushib, bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar