Ronaldudan zo‘r to‘purar bor

  • 07.12.2021 14:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliganing 14-turida “Bavariya” darvozasini ishg‘ol qilgan Erling Xolan 2021 yilda kiritgan to‘plari sonini 45 ta etkazdi.

Norvegiyalik bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Manchester Yunayted” yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan tenglashib oldi. Ronaldu bu yilgi gollarining aksariyatini “Yuventus” safida kiritgan.

Bir yil davomida ko‘p gol urayotgan hujumchilar ro‘yxatining birinchi pog‘onasida Xolandning bir goliga ikki marta javob qaytargan “Bavariya” to‘purari Robert Levandovski qayd etilgan. Polshalik futbolchi  hisobida 66 ta aniq zarba bor.

Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni bo‘lishib turgan Ronaldu va Xolanddan keyingi – to‘rtinchi o‘rinda “Real” hujumchisi Karim Benzema 44 ta gol urgan holda band etgan.

PSJ hujumchisi Lionel Messi hamda “Tottenxem” etakchisi Harri Keyn hisobida 41 tadan gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!