Ronalduga eng yaxshi to‘purar sovrini berildi

  • 4 noyabr, 2017, 09:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra 2016 yilning eng yaxshi to‘purari deb topildi.

32 yoshli futbolchiga maxsus sovrin topshirildi. 2016 yilda Ronaldu “Real” safida 11 ta, Portugaliya safida esa 13 ta gol urdi va 24 ta gol bilan etakchi bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarni mos ravishda Lionel Messi (21 ta gol) va Edinson Kavani (16 ta gol) joy oldi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu IFFHS talqiniga ko‘ra uchinchi bor eng yaxshi to‘purar nomiga sazovor bo‘ldi. Bundan avval u 2013 va 2014 yillarda mazkur sovringa ega chiqqandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!