Ronalduga rahmim kelib ketdi!

  • 04.09.2022 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” bosh direktori Mauritsio Arrivabene bir yil muqaddam Turinni tark etib, “Manchester Yunayted”ga o‘tib ketgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

- “Yuventus” Krishtianu Ronaldu bilan o‘zaro hurmatni saqlagan holda xayrlashgan. Biz portugaliyalik yulduz “Manchester Yunayted”da tushib qolgan holatdan afsusdamiz. Lekin bu bizning muammomiz emas, - dedi Mauritsio Arrivabene.

Ronaldu 2018-2021 yillar davomida “Yuventus” sharafini himoya qilgan. Turinlar safida Ronaldu ikki karra Italiya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo‘ldi. Portugaliyalik to‘purar “Yuventus” safida barcha turnirlarda yuzdan ortiq gol urgan.

37 yoshli hujumchining “Manchester Yunayted”dagi ishlari kutilganidek ketmayapti. Jamoa Ronalduning sevimli turniri – Chempionlar ligasiga chiqa olmagan. Joriy chempionatda Krishtianu asosan zaxiradan maydonga tushmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!