Ronalduni hurmat qilmay qo‘yishdi

  • 29.10.2021 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” va “Yuventus”da o‘ynagan Patris Evra Krishtianu Ronalduning shu yil yozda Turin superklubini tark etganining sabablarini oshkor qildi.

- Ronaldu o‘ziga nisbatan hurmat bilan munosabat qilishlarini istaydi. “Yuventus”da har bir muammoga uni sababchi qilishdi. Krishtianu mehrga tashna inson. Italiyada uni ko‘p tanqid qilishgani va odamlarning ikki yuzlamachiligini hazm qila olmadi.

Ikkinchi sabab, bosh murabbiy Massimiliano Allegrining matbuot anjumanida Ronaldu hamma uchrashuvda ham o‘ynamaydi, degani bo‘ldi. Ronaldu darajasidagi futbolchilar borasida bunaqa gaplarni omma uchun aytib bo‘lmaydi. Shu bois Ronaldu o‘zi yoqtirgan klub – “Manchester Yunayted”ga o‘tib ketdi, - dedi Patris Evra.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2018 yilda “Real”dan “Yuventus”ga o‘tgan edi. Turinliklar safida 100 dan ziyod to‘p kiritgan hujumchi shartnomasi yakunlanishiga bir mavsum qolganida “Manchester Yunayted”ga o‘tishni ma’qul topdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!