Ronalduni Janubiy Afrikada kutishyapti

  • 05.01.2023 15:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Krishtianu Ronaldu yo‘l qo‘ygan xatosidan so‘ng o‘zini oqladi. 

Taqdimot doirasidagi matbuot anjumanida hujumchi Saudiya Arabistoni hamda Janubiy Afrikani adashtirib yuborgandi.  

"Faoliyatim Janubiy Afrikada davom etishi hech gap emas. Bu mavzuda odamlarning fikri meni qiziqtirmaydi", - dedi Ronaldu. 

Janubiy Afrikaning "South African Tourism" tashkiloti ham futbolchining xatosini befarq qoldirmadi. 

"Ronalduning kelishini sabrsizlik bilan kutamiz. Sizni istalgan vaqtda Janubiy Afrikada ko‘rishdan xursand bo‘lamiz", - deyiladi tashkilotning "Twitter" sahifasida. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!