Ronalduni Portugaliya omadsyzligida aybdor qilishdi
Portugaliyalik mashhur futbol agenti Paulu Barbozaning taʼkidlashicha, Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronalduning shaxsiy ambitsiyalari va egoizmi tufayli 2026 yildagi jahon chempionatida oʻz salohiyatini toʻliq namoyish eta olmadi.
Musobaqaning 1/8 final bahsida portugaliyaliklar Ispaniya termasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi. Ronaldo Portugaliya terma jamoasi safida Yevropa chempioni boʻlgan, shuningdek, UEFA Millatlar ligasini ikki marta yutib olgan.
— Portugaliya terma jamoasi Ronalduning «asiri»ga aylanib qoldi. U oʻz shaxsiy maqsadlarini koʻzlaydi, bu esa terma jamoa manfaatlariga mos kelmaydi. Bizda hujumchi pozitsiyasida oʻynay oladigan futbolchilar yetarli. Lekin uning egosi katta, u maydonga tushishni xohlaydi va bu jamoaga halol beradi.
Kechagi oʻyinni koʻring — 60-daqiqadan keyin u maydonda deyarli koʻrinmay qoldi, jismonan tugadi. Ammo bosh murabbiy uni almashtirishga jurʼat qila olmadi. Ronaldo endi asosiy tarkibda toʻliq oʻynaydigan futbolchi emas, koʻpi bilan 20–30 daqiqa jamoaga yordam berishi mumkin, xolos. Bu endi oʻsha avvalgi oʻyinchi emas.
Afsuski, Ronaldo buni tan olmayapti. Kecha u jahon chempionatida boshqa oʻynamasligini aytdi, albatta, 45–46 yoshda buni davom ettirish juda qiyin, — deya taʼkidladi Barboza.
2026 yildagi jahon chempionatida Ronaldo uchta gol urdi — ikkitasi guruh bosqichida, bittasi pley-offda.
41 yoshli portugaliyalik tarixda olti jahon chempionatida gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Uning jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi — 2006 yildagi toʻrtinchi oʻrin. Ispaniyaga qarshi magʻlubiyatdan soʻng Ronaldo bu jahon chempionatidagi soʻnggi oʻyini boʻlganini maʼlum qildi.

Fikrlar