Ronalduning "FIFA 23"dagi reytingi pasaydi
Ayni dam erkin agent bo‘lib turgan Krishtianu Ronalduning "FIFA 23" o‘yinidagi kartasiga ayrim o‘zgarishlar kiritildi.
Hujumchi "Manchester Yunayted" tarkibidan olib tashlandi va jamoasiz futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi.
O‘yindagi yana bir o‘zgarish Ronalduning reytingi pasaytirilganida. Futbolchi 88 ballga loyiq ko‘rildi. Bu so‘nggi 15 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Krishtianuga 2007 yilda 87 ball berilgandi.

Fikrlar