Ronalduning kelajagi oydinlashib bormoqda
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Xorxe Mendesh "Napoli" vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda "Manchester Evening News" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, neapolliklar 37 yoshli portugaliyalikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shuningdek, Italiya klubi yozgi transfer oynasi tugagunga qadar to‘liq transfer borasida kelishib olishga ulgurmasa, Ronalduni ijaraga olishga tayyor.
Ronaldu 2021 yilning yozida “Yuventus”dan 15 million evro evaziga “Manchester Yunayted”ga o‘tgan edi.O‘tgan mavsumda portugaliyalik futbolchi 39 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 24 ta gol va 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

Fikrlar