Ronalduning yo‘qligi unga qattiq ta’sir qildi
"Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata Krishtianu Ronalduning Turin klubidan "Manchester Yunayted"ga o‘tishi oqibatlari haqida gapirdi.
"Ronaldu ketganidan keyin barchamizga qiyin bo‘ldi. Ayniqsa, menga. Sababi, bu erda ijara asosida to‘p tepaman. Ammo o‘z kelajaging me’mori bo‘lganingdan keyin, qila oladigan yagona narsang - mehnat.
Jamoa manfaati uchun ko‘p ishlashim lozim. Biroq o‘shanda tushunarsiz vaziyatga tushib qolgandim. Shu sabab, doim ham gol ura olmasdim.
So‘nggi o‘yinlarda meni chap qanotga qo‘yishdi. Vazifam murabbiy aytganini qilish hisoblanadi", - dedi Morata.

Fikrlar