
Rossiya terma jamoasi hujumchisi Angliyada o‘ynamoqchi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi va Rossiya terma jamoasi forvardi Artyom Dzyuba kelajak rejalari haqida gapirdi.
“Kelajak rejalarim? Ingliz klublarining menga qiziqish bildirishayotgani haqida eshitib qoldim. Bu men uchun ham qiziq va shu bois men kutmoqchiman”, - deydi Dzyuba.
Ma’lumot uchun, Dzyuba joriy mavsum “Zenit” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va 13ta gol hamda 11ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar