
Sabina Sharipovaning qachon kortga chiqishi aniq bo‘ldi
Kecha, mazkur musobaqaning saralash bahslariga qur’a tashlangani va uning natijasida hamyurtimiz Sabina Sharipova mezbonlar vakilasi Aleksandra Bojovichga qarshi kortga chiqishi haqida xabar bergan edik.
Bugun mazkur uchrashuvning o‘tkazilish vaqti aniq bo‘ldi. Sabina va Aleksandra uchrashuvi 9 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:30da boshlanadi.
Joriy yilning 14-27 yanvar kunlari Melburnda tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati musobaqasi o‘tkaziladi.
Fikrlar