Saida Mahmudova Xorazmda stol tennisi bo‘yicha seminar o‘tkazdi
Ctol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Saida Mahmudova hamda shogirdlari bilan Xorazm viloyatida mazkur sport turini yanada ommalashtirish bo‘yicha seminar va mahorat saboqlarini o‘tkazdi.
Seminarda maktabgacha ta’lim muassasalarida va maktablarda bolalarning stol tennisi bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratish, ular o‘rtasida ushbu sport turini yanada ommalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, stol tennisiga mehr qo‘ygan o‘g‘il-qizlarga xalqaro musobaqalarda bir necha bor shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar mahorat saboqlarini o‘tkazdi.

– Seminar va mahorat saboqlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, navqiron avlod o‘rtasida stol tennisini yanada rivojlantirish va ular o‘rtasidan tajribali tennischilarni kamol toptirishdir, – deydi Saida Mahmudova.



Fikrlar