Sane Levandovski va Myullerdan yaxshi(mi)?!

  • 22.12.2021 14:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" klubi hujumkor yarim himoyachisi Leroy Sane jamoaning noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Sane 44 foiz ovoz to‘plab, birinchi o‘rinni egallagan. U bu borada jamoadoshlari – Robert Levandovski (22%) va Tomas Myullerni (10%) ortda qoldirdi.

E’tiborlisi, Leroy ketma-ket 3 oydan buyon “Bavariya”da oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini hech kimga bermayapti.

Sane o‘tgan noyabr oyida “Bavariya”da jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!