Santi Kasorlada La Ligaga qaytish imkoniyati bor, lekin...

  • 4 iyul, 2022, 13:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi ispaniyalik yarim himoyachi Santi Kasorla "Al Sadd" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Tecno

37 yoshli futbolchi shartnomani yana bir yilga uzaytirdi.

Kasorla Qatar klubiga 2020 yilda ko‘chib o‘tgan, o‘shanda unga "Barselona"ning amaldagi bosh murabbiyi Xavi ustozlik qilardi. Yoshi katta bo‘lishiga qaramay, futbolchi haligacha ba’zi ispan klublarining qiziqishini uyg‘otmoqda, biroq u yana bir mavsum Qatarda qolishga qaror qilgan.

Kasorla o‘tgan mavsum Qatar chempionatida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!