“Santos” Neymar jamoada qachongacha qolishini ma’lum qildi

  • 03.02.2025 09:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Braziliyaning eng yorqin yulduzlaridan Neymar faoliyatini o‘z yurtida, qadrdon jamoasi “Santos”da davom ettirishga qaror qildi.

“Santos” klubi vitse-prezidenti Fernando Bonavides 32 yoshli futbolchining shartnomasiga oid ma’lumotlarni ma’lum qildi.

- Amaldagi shartnomamiz olti oyna mo‘ljallangan. Biroq biz Neymarni uzoqroq muddatga safimizda olib qolish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Neymar kamida kelasi yili bo‘ladigan jahon chempionatiga jamoamizda qolishidan umidvormiz, - dedi Fernando Bonavides.

Neymar 2009-2013 yillar davomida “Santos” sharafini himoya qilib, 225 ta uchrashuvda 136 ta gol va 64 ta assist muallifi bo‘lgan. Keyinchalik 12 yil davomida “Barselona”, “Pari Sen-Jermen” va “Al-Hilol” o‘yinchisi sifatida faoliyat yuritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!