Sardor A Seriya grandiga o‘tishi mumkin

  • 11 yanvar, 2022, 13:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" "Zenit" hujumchisi Sardar Azmunni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Janlukka Di Martsio xabar tarqatdi. 

Manbaning xabar berishicha, eronlik futbolchi transferini "keksa senoralar" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri shaxsan o‘zi xohlamoqda. "Yuve" yanvarda Azmunni xarid qilmoqchi. 

Avvalroq, unga "Lion" qiziqish bildirayotgani haqida yozgan edik. "Zenit" hujumchi transferidan kamida 4,5 million evro ishlab olmoqchi. Joriy mavsum forvard 15ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!