
Sardor Abduraimov: Bugun muhlislarimizni kuni bo‘ldi.
Bugun Oliy Liganing 29-turi Muborak, Farg‘ona hamda poytaxt yashil maydonlarida davom ettirildi. O‘z uyida “Buxoro”ni qabul qilgan muborakliklar yakunda 2-0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yin davomida raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritgan, uchrashuv qahramoni Sardor Abduraimov bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida fikr bildirdi.
- Bu yilgi mavsumni juda yaxshi o‘tkazayotgan "Buxoro” jamoasini biz har ikki bahsda ham mag‘lub etdik. Bugun muhlislarimizni kuni bo‘ldi. Barcha muboraklik muhlislarni chin qalbimdan tabriklayman, bunday shiddatli bahslarda qo‘lga kiritilgan natijaning qiymati o‘zgachadir. So‘ngi bahsni safarda vohamizning bosh jamoasi "Nasaf“ga qarshi o‘tkazamiz ushbu bahsda ham jamoamizga omad tilayman, dedi - Sardor Abduraimov.
Fikrlar