"Sevilya" autsayderni engib, "Real"ga yaqinlashib oldi. "Atletik" safarda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 04.01.2022 03:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

La Liga 19-turidan o‘rin olgan "Kadis" - "Sevilya" o‘yini nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda andalusiyaliklar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Lukas Okamposning 58-daqiqada kiritgan goli amalda bahs taqdirini hal qildi. 

Mazkur g‘alabadan so‘ng Lopotegi shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 41 taga etdi. Ayni vaqtda ular peshqadam "Real"dan 5 ochko ortda qolmoqda. Shuningdek, "Sevilya" hisobida bitta zaxira o‘yini ham mavjud. 14 ochkoga ega "Kadis" 19-pog‘onani band etgan. 

 

Shuningdek, "Sevilya" ishtirokidagi o‘yin bilan parallel tarzda "Osasuna" - "Atletik" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda bilbaoliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!