"Sevilya" futbolchisi "Malorka"da ijara asosida to‘p suradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Malorka" "Sevilya" bilan himoyachi Alexandro Poso ijara shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida Balear orollari rasmiy sayti xabar bermoqda.

21 yoshli Poso "Sevilya" klubi akademiyasi vakili hisoblanib, joriy mavsumda asosiy jamoa safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Bundan tashqari Poso Ispaniya U-21 jamoasidan doimiy chaqiruv oladi.

Oldinroq, "Sevilya" yana bir markaziy himoyachisi Simon Kerni "Milan"ga ijaraga yuborgani haqida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!