
Shahboz Umarov: Qisqacha aytaman, ertaga yutamiz
Ertaga Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Hindiston - O‘zbekiston uchrashuvi oldidan terma jamoamiz rasmiy mashg‘ulot olib bordi. Mazkur yig‘in vaqtida Shahboz Umarov jurnalistlarning bergan savollariga javob berdi.
"Qichqacha aytaman, ertaga albatta yutamiz. Boshqa variantimiz ham yo‘q. Faqat g‘alaba qozonishimz kerak, bo‘ldi. Guruhda qolib ketsak yaxshi ish bo‘lmaydi.
Murabbiy ertangi o‘yinga tayyorgarlik davomida asosiy e’tibor nimaga qaratilyapti? Taktikagami, yoki ruhiy tomondan tiklanishgami?
Biz bilamiz, kim qanaqa o‘ynaydi va buni yana ham o‘rganib chiqyapmiz. Suriyaani ham ko‘rdik, mana endi Hindiston. Ular 10 kishi bo‘lib yotib olgan holda o‘ynaydi. Murabbiylar taktik tomondan bu himoyani yorib o‘tishni o‘rgatishyapti. Ertaga hujumkor futbol ko‘rsatiishga harakat qilamiz.
Amerikada bo‘lib o‘tgan yig‘inda viza chiqmay qoldi, Xitoydagi yig‘in paytida jarohatim bor edi degandingiz. Hozir jarohatingiz yo‘qmi?
Yo‘q, hozir jarohatim yo‘q. Hammasi joyida.
Hindistonning eng kuchli jihatlari nimalarda ko‘rildi tahlil davomida?
Ular asosan himoyadan o‘ynashadi. Oldinda 2-3ta futbolchi qoladi, qolganlar orqaga yotib oladi. Asosan qarshi hujumda o‘ynaydi. Biz shu jihatini ko‘rdik.
Bugun Hindiston bosh murabbiyi matbuot anjumanida ertaga biz hujumkor tarzda o‘ynaymiz deb aytdi. Bu chalg‘itishmi?
Endi bilmadim, rosti. Qanday taktikada o‘ynashidan qat’iy nazar biz ertaga g‘alaba uchun o‘ynaymiz", - dedi "Ordabasi"da o‘ynayotgan legionerimiz.
Fikrlar